So'nggi yangiliklar

2022-yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Jizzax viloyatida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari bo‘yicha taqsimlanishi:

2022- yilning dekabrida mamlakat ichki yoʻnalishlari uchun aviachiptalar narxlari 2021- yilning yakuniga nisbatan 6,4 % ga arzonlashdi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 12 204 ta bo‘lib, 2022- yilda ushbu sohada 2 631 ta korxonalar yangi tashkil etilgan va ularning 2 617 tasi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Mevalarning 2022- yildagi o‘rtacha narxlari 2021- yilning dekabridagi o‘rtacha narxlardan 5,7 % ga past bo‘ldi.

Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida uy xo‘jaliklarining uy-joy turlari boyicha taqsimlanishi:

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 29,1 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 101,5 % tashkil etgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 2845,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Kontent va ommaviy axborot vositalari sektorining umumiy hajmida eng ko'p ulushni dasturlar tuzish va teleradioeshittirishlar bo‘yicha xizmatlar – 39,6 %, boshqa axborot xizmatlari – 28,3 %, shuningdek, kitoblar, davriy nashrlar nashr qilish bo‘yicha xizmatlar va boshqa noshirlik xizmatlari – 22,1 % ni egallaydi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida avtomobil transporti xizmatlari bo‘yicha Qashqadaryo (10,2 %), Samarqand (9,6 %), Surxondaryo (9,2 %) va Navoiy (8,9 %) viloyatlarida, shuningdek, Toshkent  shahrida (8,6 %) yuqori o‘sish kuzatildi. Ushbu sohadagi xizmatlar hajmining nisbatan pastroq o‘sish sur'ati Farg‘ona viloyatida (103,9 %) qayd etildi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 9770,1 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 108,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 4,6 % ga o‘sdi. 

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 511,6 tonna vafli ishlab chiqarilgan bo‘lib, mazkur ishlab chiqarish bo‘yicha, 2021- yilning tegishli davriga nisbatan o‘sish sur’ati 4,6 martani tashkil etdi.

2021-yilda ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalarda mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) sotishdan olingan sof foydasi 22 567,7 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2020- yilga nisbatan 6 856,7 mlrd. soʻmga koʻpaygan.  Shuningdek, jami kichik korxonalar tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) sotishdan olingan sof foydaning 5,4%i ayol tadbirkorlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Joriy yilning noyabr oyida 2021-yilning dekabridagi narxlarga nisbatan mevalar oʻrtacha 6,7 % ga arzonlashgan.

2022- yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, to‘qimachilik va mo‘ynali buyumlarni yuvish va kimyoviy tozalash bo‘yicha xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan – 194,2 mlrd. so‘m.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 7 369,0 ming tonna yarim dudlangan va dudlangan kolbasalar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 113,5 ni tashkil etdi.

2022- yilning dekabr oyida respublika bo‘yicha 28 395 ta nikoh holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

Respublikamizda 2023- yilning 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 592 371 tani tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 93 141 tani tashkil qildi (ulushi 15,7 %).

2022- yil yanvar-sentabr yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 9 087,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 3,3 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda yalpi hududiy mahsulot (YAHM) tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 49,7 % ga yetdi va 2018- yilning mos davriga nisbatan 4,5 foiz punktga kamaydi.