So'nggi yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabrida kichik tadbirkorlik (biznes)da сhakana savdo aylanmasi hajmi 167 747,6 milliard so‘mni yoki о‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,8 % ni tashkil etdi. Сhakana savdo aylanmasi hajmida yakka tartibdagi tadbirkorlar hissasi yuqori bo‘lib  101 251,4 milliard so‘mni tashkil qildi, kichik korxonalar esa  66 496,2 milliard so‘mni tashkil qildi.

Respublikamizda 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar 2 423 ta bo‘libular 2018- yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 barobarga oshgan.

Moliyaviy xizmatlarning hajmi 416,0 mlrd. so‘mga oshdi va 1 760,0 mlrd. so‘mga yetdi. Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida 26,9 % ni tashkil etdi. Jami moliyaviy xizmatlarning o‘sish sur’ati 128,4 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvaroktabr oylarida yakunlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 6,5 trln. so‘mni tashkil etib, 2021-.yilning yanvaroktabr oylariga nisbatan (5,3 trln. so‘m) hajmi 1,2 trln. so‘mga oshdi.

Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi 21,5 % ni tashkil etdi yoki 665319,5 mln. so‘m miqdorida qayd etildi. 2021- yilga nisbatan 101,9 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijdan qiymati 61,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 1 912 dona elektromobil import qilgan.Elektromobillar importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1223 taga oshgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 15,0 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 109,1 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-noyabr oylar yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 12,1 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 102,3 % ga oshdi va ishlab chiqarish hajmi 1185,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2021-yilning yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 5,1 % ni, fizik hajm indeksi esa 116,3 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 3,6 %, fizik hajm indeksi 101,6 % ni, ishlab chiqarish hajmi esa 349,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 82,9 % i yoki 2 561 203,5 mln. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2022- yilning yanvar-noyabr oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 166,9 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 1,7 % ini tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida, Jizzax viloyatida jami 30903,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 106,1 % ni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-sentabr oylarida eng kop yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni savdo sohasida – 26 265 tani tashkil qildi. 2021- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan o‘sish Tashish va saqlash sohasiga tog‘ri kelib  123,5 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 721,2 ming tonna neft ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha, 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 101,8 % ni tashkil etdi.

2022-yilning noyabrida banan oktyabr oyiga nisbatan 3,4 % ga qimmatlashdi.

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab yo‘lovchi transportining barcha turlari bo‘yicha 4 509,8 mln. kishi tashildi.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida xorijga qiymati 23,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 48,3 ming tonna olxoʻri eksport qilgan.

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 9 ta davlatga qiymati 2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 7,2 ming tonna anjir eksport qilgan.

Anjir eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 6,7 ming tonnaga oshgan.