So'nggi yangiliklar

“Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3413-sonli buyruq mazmun-mohiyati to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi va targ‘ibot yig‘ilishida buyruqning muhim jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, Davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligi asosida yozma shaklda tuziladi.

Joriy yilning 16- fevral kuni Jizzax viloyat Statistika boshqarmasi boshlig‘i D.Mulladjanov  hamda Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi P. Anarbaev ishtirokida G‘allaorol tumani Sarbozor MFY Sarbozor qishlogi, Shoxona ko’chasi 7 uyda yashovchi Alishov Botir xonadonida uy xo’jaligi  kuzatuvini o’tkazdi.

2022– yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 30,3 ming t. uzum (2021– yilning yanvar-dekabriga nisbatan 1,4 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Uzum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, uzum ishlab chiqarish umumiy hajmidan 53,5 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

2022-yilning fevral oyidan dekabrgacha sement narxlarida oylik nisbatda 0,2 – 1,3 % atrofida oʻsish kuzatilgan boʻlsa, 2023-yilning dastlabki oyida uning narxlari 0,1 % ga pasaydi.

2023- yilning yanvar oyida kompyuterlar, noutbuklar va planshetlar narxlari bir oyda 0,1 % ga oshdi. Shu bilan birga, joriy yilning yanvarida yillik oʻsish surʼati 2022- yil yanvar oyidagi mos koʻrsatkichga nisbatan 1,1 % ga past boʻldi.

2023- yilning 1-fevral holatiga respublikamizda 15 481 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 088 taga oshgan bo‘lib, eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keldi:

2022- yilda ilk farzandini dunyoga keltirgan onalar soni 280 432 kishini tashkil etgan.

2023- yilning yanvarida sabzavotlar narxlarining oʻzgarish surʼati yillik nisbatda 2022- yilning yanvaridagi mos koʻrsatkichga nisbatan 11,9 % foiz bandga past boʻldi.

Oʻzbekiston 2022-yilda 10 ta xorijiy davlatlarga qiymati 5,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 5,3 ming tonna limon eksport qilgan.

2023- yilning yanvarida un narxlari oʻrtacha 0,2 % ga oshgan. Shu bilan birga, ushbu koʻrsatkich 2022- yilning yanvaridagi koʻrsatkichga nisbatan 1,1 foizga past boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 55,5 ming tonna trikotaj matolar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 130,1 % ni tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni – 9 976 ta yoki 1,9 % ni tashkil qildi. Ulardan 1498 ta  kichik korxona va mikrofirmalar yangi tashkil etilgan bo‘lib, bu sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning 15%ga to‘g‘ri kelgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 14,7 trln. soʻmni tashkil etib, 2021-yilga nisbatan oʻsish surʼati 121,9 % ni tashkil etdi.

2022- yilda Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 15,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 63,6 ming tonna mandarin import qilgan.

Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 63,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 140,2 ming tonna banan import qilgan.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Jizzax viloyatida jami 3,4 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 106,5 % ni tashkil etdi.

Sanoat sohasida 2020-2022-yillarda yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi sanoat sohasining 3 ta yoʻnalishida tashkil etilgan boʻlib, soʻngi 3 yil davomida yaratilgan 54 072 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalarning 18 892 tasi yoki 34,9% i aynan quyidagi sanoat yoʻnalishlari hissasiga toʻgʻri keladi: