So'nggi yangiliklar
06/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022– yilning yanvar–dekabr oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 23 081,6 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni, shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari – 9 446,5 mlrd. so‘mni (104,2 %), chorvachilik mahsulotlari – 13 635,1 mlrd. so‘mni (102,9 %) tashkil qildi.
06/02/2023 • So'nggi yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabrida avtomobil transportida yuk tashish 414,4 mln. t. yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 104,1 %ni tashkil qildi, shundan eng ko‘pi kichik korxona va mikrofirmalar bolib, 276,7 mln. t. ni tashkil qildi.
2022-yilning yanvar-dekabr oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 73,6 mln. tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yuk joʻnatish hajmi 1,6 mln. tonnaga oʻsishi kuzatildi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha ro'yxatdan o'tgan oilaviy korxonalar soni 2023- yilning 1- yanvar holatiga ko'ra 2 382 tani tashkil etib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 573 taga yoki 131,7 foizga oshganligini ko'rish mumkin.
Oʻzbekiston 2022-yila 21 ta xorijiy davlatga qiymati 267,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 267,7 ming tonna polietilen eksport qilgan.
03/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar–dekabr oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 688,0 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 156,8 mln. AQSH dollariga yoki 29,5 % ga koʻpaydi.
03/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-.yilning yanvar-dekabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 588,3 mlrd. so‘mga oshib, 7 984,0 mlrd. so‘mga yetdi.
03/02/2023 • So'nggi yangiliklar
31/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Bugun mamlakatimizda yangi davr boshlandi. Inson manfaatlari har narsadan ustun ko‘rilayotgan bu davrda keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazish orqali aholi farovonligini ta’minlash bosh vazifa etib belgilandi. Davlatimiz rahbari prezidentlik vazifasini bajarishga kirishgan ilk kunlaridanoq, mutasaddilar oldiga respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadli dasturlarini, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqish vazifasini qo‘ydi.
Jizzax viloyatida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida viloyatda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 10 763,0 mlrd. so‘m hajm o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 108,6 % ni tashkil etdi.
27/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Boshqarmada Nodavlat notijorat tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tashkil etilgan targ‘ibot yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257 farmoni va Davlat statistik hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan subyektlarga nisbatan javobgarlik choralari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
27/01/2023 • So'nggi yangiliklar
1-notijorat shakli, 1- nnt shakli va 1-fx shakli , 1-kb (qx) shakli yillik davlat statistik hisobotlarini elektron tarzda taqdim etish va ma’lumotlar qanday shakllanishi boʻyicha o’quv amaliy seminar tashkil etildi.
2022/2023- o‘quv yilida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha mulkchilik shaklidagi umumta’lim muassasalari jami soni 10 522 tani tashkil etib, so‘nggi besh yil ichida 748 taga ko‘paygan.
27/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-noyabr oylarida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining nisbatan past hajmi Jizzax viloyati 147,9 mlrd. so‘m, Andijon viloyati 233,0 mlrd. so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 352,6 mlrd. so‘m, Xorazm viloyati 421,0 mlrd. so‘mni qayd etdi.
26/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy davlatlar fuqarolari soni jami 5 232,8 ming nafarni tashkil etdi. MDH davlatlaridan 4 965,9 ming chet el fuqarolari tashrif buyurib, bu jami kelganlarning 94,8 % ini tashkil etdi, boshqa davlatlardan – 266,9 ming kishi (yoki 5,2 %) tashrif buyurgan.
26/01/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning 12 oyi davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali joʻnatilgan yuklar hajmi 10,1 ming tonnani tashkil etib, bu esa 2021-yil davomida joʻnatilgan yuklar hajmidan 10,8 % ga koʻp.
26/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 50 008,4 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 7 837,9 mln. AQSH dollariga yoki 18,6 % ga koʻpaydi.
25/01/2023 • So'nggi yangiliklar
Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi, 2021- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 8,8 % ga o‘sdi va 1 562,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 13,8 % ulushiga to‘g‘ri keldi.
186-sahifa 251 dan