So'nggi yangiliklar
22/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning 1- fevral holatiga ko‘ra, mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 25,0 ming birlikni tashkil etdi. Xizmatlar sohasida 14,5 ming birlik korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda, bu ularning umumiy sonining 58,1 % ni tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,6 % ni tashkil etgan.
22/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yil yanvar-dekabr oylarida O’zbekiston Respublikasida jami 269,9 trln. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirildi. Ulardan 57,0 % i yangi qurilishlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, kengaytirish, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha 26,7 % hamda boshqa xarajatlarga 16,3 % investitsiyalar yo‘naltirildi.
O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 71,1 % ni tashkil etdi. Jizzax viloyati yuk aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi eng ko‘p bo‘lib, 97,6 % ni tashkil etdi.
22/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-dekabr oylari dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 28,3 %ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilda 28,5 % ni tashkil etgan.
Statistika agentligining ma‘lumotlariga ko‘ra, 2022- yilda O‘zbekiston Respublikasida mehnat resurslari soni 19494 ming kishini tashkil etgan boʻlib, mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda 0,8 foizga koʻpaygan.
Tayyor mahsulot turlarini kengaytirish va ishlab chiqarilishini qo‘llabquvvatlash bo‘yicha amalga oshirib kelinayotgan chora-tadbirlar natijasida, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 5251,2 mlrd.so‘mni tashkil etdi va 2021 yilning mos davriga nisbatan 115,6 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi 47,1 % ni tashkil etdi.
22/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022– yilning yanvar–dekabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 23 999,6 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni, shu jumladan, dehqonchilik va chorvachilik, ovchilik va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 23 408,5 mlrd. so‘mni (103,5 %), )o‘rmon xo‘jaligi – 349,7 mlrd. so‘mni (102,3 %), baliqchilik xo‘jaligi – 241,5 mlrd. so‘mni (101,7 %) tashkil qildi.
21/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning taqsimlanishi, yirik sanoat korxonalari joylashganligi hisobiga Jizzax shahri (1139,2 ming so‘m), Zafarobod (1133,4 ming so‘m) tumanida hamda G‘allaorol ( 1618,8 ming so‘m) o‘rtacha viloyat darajasi ko‘rsatkichidan ( 521,3 ming so‘m) ancha yuqoriligini ko‘rsatmoqda.
Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.
21/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Jumladan, joriy yilning 21- fevral kuni Jizzax viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i D. Mulladjanov Jizzax shahridagi 4-TJ tanlanma kuzatuvi o‘tkazilish jarayoni bilan tanishdi. Shuningdek, D. Mulladjanov intervyuyerlar tomonidan o’tkazilayotgan 4-TJ so‘rovnoma kuzatuvida qatnashdi hamda xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi. Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlar kerakli topshiriqlar berdi.
2022-yil yanvar-dekabr oylarida havo transportida 4 158,5 ming kishi joʻnatilib, 2021-yilning mos davridagi koʻrsatkichga nisbatan 1,4 baravarga oshgan, yoʻlovchi aylanmasi esa 2,1 baravarga koʻpayib, 10 903,4 mln. yoʻlovchi-km.ni tashkil etdi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 2 420,7 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 105,9 % ni tashkil etdi.
Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 0,2 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 70,2 % ni tashkil etgan. 2022- yilning yanvar-dekabr oylari yakunlariga ko‘ra, ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 0,1 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 75,9 % ni va ishlab chiqarish hajmi 15,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi
20/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yil yanvar–dekabr oylarida meva va sabzavotlar eksportining qiymat jihatidan eng katta hajmi Qozog‘istonga to‘g‘ri keldi (meva va sabzavotlar eksporti umumiy hajmining 33,4 % i), bu Rossiya Respublikasiga eksport hajmidan 5,4 baravar ko‘p.
20/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 3,5 %, fizik hajm indeksi 110,2 % ni, ishlab chiqarish hajmi esa 386,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
20/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning o‘tgan 11 oyi davomida chakana savdoning ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb to‘rtdan uch qismini, aniqrog‘i, 65,1 % ni tashkil etdi.
20/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Sarimsoq 2022- yilda narxlari pasayishi bo‘yicha sabzavotlar orasida yetakchi bo‘ldi. 2021- yilning dekabriga nisbatan uning narxlari 26,7 % ga past bo‘ldi.
191-sahifa 260 dan