So'nggi yangiliklar

2022– yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 30,3 ming t. uzum (2021– yilning yanvar-dekabriga nisbatan 1,4 % ga ko‘p) ishlab chiqarildi. Uzum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, uzum ishlab chiqarish umumiy hajmidan 53,5 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

Qishloq xoʻjaligi sohasida 2020-2022-yillarda yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi qishloq xoʻjaligi sohasining 3 ta yoʻnalishida tashkil etilgan boʻlib, soʻngi 3 yil davomida yaratilgan 38 697 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalarning 17 484 tasi yoki 45,2% i aynan quyidagi qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlari hissasiga toʻgʻri keladi:

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida savdo xizmatlarining ulushi 24,8 % ni tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori koʻrsatkichlar transport (22,7 %), moliya (22,5 %), aloqa va axborotlashtirish (6,4 %), shuningdek, taʼlim sohasidagi xizmatlar boʻyicha (4,3 %) qayd etildi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 8 129,3 mln. dona tuxum yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil etdi.

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 2 420,7 ming tonna poliz mahsulotlari yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 105,9 % ni tashkil etdi.

2023- yilning 1- fevral holatiga respublikamizda jami 45 541 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatib kelayotgan boʻlib, ular oʻtgan yilning mos davriga (43 989 ta) nisbatan 1 552 taga koʻpaygan. Bundan tashqari 2023-yilning yanvar oyida 426 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 2 983,5 ming tonna meva yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekistonda 2023- yilning yanvar oyida 18 032 ta nikoh tuzish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

2023-yilning yanvar oyida kartoshka narxlari bir oyda 1,4 % ga oshgan boʻlsa, 2022-yilning yanvariga nisbatan 7,7 % ga arzonlashdi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 2 726,0 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etdi.

“Davlat fuqarolik xizmatchisi bilan tuziladigan mehnat shartnomasiga doir namunaviy talablarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 3413-sonli buyruq mazmun-mohiyati to‘g‘risida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi va targ‘ibot yig‘ilishida buyruqning muhim jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, Davlat fuqarolik xizmatiga kirayotgan shaxs bilan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligi asosida yozma shaklda tuziladi.

2022- yilning yanvar-dekabr oylari davomida respublika boʻyicha taʼlim sohasida koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmi 15,4 trln. soʻmni tashkil etib, 2021-yilning shu davriga nisbatan 15,3 % lik oʻsish qayd etildi.

2023- yilning yanvarida nok narxlari 2022-yilning yanvariga nisbatan 17,6 % ga past boʻldi.

Har qanday davlatning tarixi – bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida o‘z ifodasini topadi. Aholi soni bo‘yicha aniq va yaxlit ma’lumotlar aholini ro‘yxatga olish asosida olinadi.

Soʻnggi 5 yilda qurilish sohasida jami 32 224 ta kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etilib, bu esa oxirgi 5 yil davomida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning aynan 7,6 %i shu sohada tashkil etilgan.

2023- yilning 1-fevral holatiga koʻra, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 11 442 tani tashkil etib, 2023- yilning yanvar oyida bu sohada 118  ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi .

2022-yilning yanvar-dekabr oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 319 288,2 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2021-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 12,3 % ga oshdi.