So'nggi yangiliklar

2023- yil 1- dekabr holatiga ko'ra, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 1 610 tani tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 115,2 foizga oshdi.

2022- yilning dekabr oyida baliq va boshqa dengiz mahsulotlari narxlari noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,9 % ga oshgan.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yil yanvar-sentabr oylarida sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 24,2 % ni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi kichik korxonalar bolib, 19,3 % ni tashkil qildi. Hududlar kesimida esa Jizzax viloyati yetakchi o‘rinni egallab, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 51,3 % ni tashkil qildi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 15 801 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 512 taga ko‘paygan.

Respublikaga 2022-yil yanvar-dekabr oylarida jami 5 232,8 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan, shundan 2 647,0 ming nafari (50,6%i) ayollar 2 585,8 ming nafari (49,4%i) erkaklar.

Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 18 596,0 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 % ga yuqoridir.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yil uchun Jizzax viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda –YAHM) hajmi joriy narxlarda 27 140,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yil bilan taqqoslaganda 4,7 % ga o‘sdi.

2022-yilning dekabr oyida respublika boʻyicha 3992 ta nikohdan ajralish holatlari FHDYO organlarida qayd etilgan.

2022- yilning so'nggi oyida respublikada banan narxi o'rtacha 4,7 foizga arzonlashdi. Shu bilan birga, 2022- yilda banan 11,4 foizga oshdi.

2022- yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 63 325,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2021-yilga nisbatan ko‘rib chiqilayotgan davrda qurilish  ishlarining o‘sish sur’ati 106,0 foizga yetdi.

2022- yil 1- yanvar holatiga mamlakatimizda birinchi marta qo‘yilgan tashxis bilan qayd qilingan qon aylanish tizimi kasallanishlar soni 1181,8 ming holatni  tashkil etdi.

2022 yil yanvar –sentyabr oylari yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo’shilgan qiymat hajmi 1 115,5 mlrd. So‘mni tashkil etdi va 2021 yilning mos davriga nisbatan 6,0 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda yalpi hududiy mahsulot tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 6,1 % ga yetdi.

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni oʻzaro taqqoslanganda-uchinchi oʻrinni oilaviy korxonalar egallagan boʻlib, ular 2022- yil 1-dekabr holatiga koʻra jami tadbirkorlik subyektlarining (523852 ) ta 11,3 foiz ulushini tashkil etdi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ulushi 18,3 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 91,4 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-noyabr oylar yakunlariga ko‘ra, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 15,5 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 76,3 % ga o‘sish sur’atlari kuzatildi va ishlab chiqarish hajmi 1516,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Respublikaning beshta mintaqasida 2022 yil dekabr oyida parranda go'shti narxining pasayishi qayd etildi. Respublikada o'rtacha bir oy davomida narxlarning pasayishi 0,2% ni tashkil etdi va bu Surxondaryo viloyatida qayd etildi (-2,4 %).

Joriy yilning 19- yanvar kuni Jizzax viloyat statistika boshqarmasi boshligi D.Mulladjanov hamda Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig’i Z.Jurayevalar Sharof Rashidov tumani "Oqtosh ota"  MFYlarga borib,mahallasida kuzatuv mazmuni va uning  xalk farovonligidagi o‘rni  hamda uy  xo‘jaliklari  kuzatuvlari o‘tkazilishida mahalla  faollarining  ko‘magi  ahamiyatli ekanligi tushuntirildi.