So'nggi yangiliklar
17/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning 1-fevral holatiga respublikamizda 15 481 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 088 taga oshgan bo‘lib, eng ko‘p miqdori quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keldi:
2022- yilda ilk farzandini dunyoga keltirgan onalar soni 280 432 kishini tashkil etgan.
17/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2023- yilning yanvarida sabzavotlar narxlarining oʻzgarish surʼati yillik nisbatda 2022- yilning yanvaridagi mos koʻrsatkichga nisbatan 11,9 % foiz bandga past boʻldi.
17/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston 2022-yilda 10 ta xorijiy davlatlarga qiymati 5,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 5,3 ming tonna limon eksport qilgan.
2023- yilning yanvarida un narxlari oʻrtacha 0,2 % ga oshgan. Shu bilan birga, ushbu koʻrsatkich 2022- yilning yanvaridagi koʻrsatkichga nisbatan 1,1 foizga past boʻldi.
16/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 55,5 ming tonna trikotaj matolar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 130,1 % ni tashkil etdi.
16/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni – 9 976 ta yoki 1,9 % ni tashkil qildi. Ulardan 1498 ta kichik korxona va mikrofirmalar yangi tashkil etilgan bo‘lib, bu sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning 15%ga to‘g‘ri kelgan.
15/02/2023 • So'nggi yangiliklar
2022-yilning yanvar-dekabr oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 14,7 trln. soʻmni tashkil etib, 2021-yilga nisbatan oʻsish surʼati 121,9 % ni tashkil etdi.
2022- yilda Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 15,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 63,6 ming tonna mandarin import qilgan.
Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida xorijdan qiymati 63,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 140,2 ming tonna banan import qilgan.
2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Jizzax viloyatida jami 3,4 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 106,5 % ni tashkil etdi.
15/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Sanoat sohasida 2020-2022-yillarda yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi sanoat sohasining 3 ta yoʻnalishida tashkil etilgan boʻlib, soʻngi 3 yil davomida yaratilgan 54 072 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalarning 18 892 tasi yoki 34,9% i aynan quyidagi sanoat yoʻnalishlari hissasiga toʻgʻri keladi:
15/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 7 102,9 tonna vafli mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan 4,4 martaga oshgan. Shundan 591,4 tonna vafli mahsulotlari dekabr oyida ishlab chiqarilgan.
2023-yilning yanvar oyida respublika boʻyicha jami 1816 ta egizak chaqaloq tugʻilganligi qayd etilgan. Bu esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 275 taga koʻp.
2022-yilning yanvar-dekabr oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 80,4 trln. soʻmni tashkil etdi. 2021-yilning mos davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmining oʻsish surʼati 129,3 %ga yetib, bu esa umumiy xizmatlar tarkibidagi oʻsish koʻrsatkichlari orasida yetakchi boʻlib hisoblanadi.
2022-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra (12 oy davomida), O‘zbekiston Respublikasi aholi jon boshiga umumiy daromadlari 17,8 mln. so‘mni, real o‘sish sur’ati esa 107,5 % ni tashkil etdi.
14/02/2023 • So'nggi yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6 178,6 tonna olcha sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan 62,4 % ga oshgan. Shundan 609,1 tonna olcha sharbati dekabr oyida ishlab chiqarilgan.
183-sahifa 251 dan