So'nggi yangiliklar

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, 10 yosh va undan katta yoshdagi aholining mobil tarmoq orqali internetdan foydalanuvchilar ulushi 50,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 303,3 ming dona avtomobillar uchun bamperlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 3,1 barobarga oshgan.

Joriy yilning 1-mart holatiga Respublikamizda 618 944 ta kichik tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, o‘sish surati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,5 % ni tashkil etdi.

2024-yilning 1-aprel holatiga Oʻzbekistonda 1 km. kv. yer maydoniga oʻrtacha 82,3 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yil 1-aprel holatiga doimiy aholi soni qariyb 37 mln. kishini tashkil etgan.

2024-yilning 1-yanvar holatiga Respublikamizda faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 417,1 mingtani tashkil etgan.

Jizzax viloyatida 2023/2024-‘quv yilining boshiga 3 ta akademik litsey, 15 ta kasb-hunar maktablari, 7 ta kasb-hunar kollejlari, hamda 14 ta texnikumlar faoliyat ko‘rsatgan.

2024-yil yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida togʻ-kon sanoatida 36,3 trln. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

2024-yil yanvar-fevral oylarida 14,3 ming nafar Turkiya Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

2024-yilning 1-aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 963 262 kishini tashkil etgan.

Respublikamizda 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 1 121 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 24,6 mln. litr tabiiy mineral gazli suvlar ishlab chiqarilgan

2023/2024-oʻquv yili boshiga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan kasb-hunar maktablariga qabul qilingan qiz bolalarning umumiy soni 29 452 nafarni tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 391,1 mlrd.soʻm qurilish ishlari bajarilib, ularning respublikadagi ulushi mos ravishda 2,4 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida 352,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, uning tarkibida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 160,4 trln. soʻmni tashkil etdi.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, tashish va saqlash, axborot va aloqa sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 12,3 % ga o‘sdi.

2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 14 142,4 ming boshni (2023-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 102,1 %) tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida yirik korxonalar tomonidan 1 108,6 tonna oʻrik sharbati ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 4,2 barobarga oshgan.