So'nggi yangiliklar

Jizzax viloyati statistika boshqrmasi bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida 2024-yil 27-29-mart kunlari  “Statistika” yo‘nalishida qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi tashkil etildi.

2024-yilning yanvar-fevral oyida FHDYO organlarida qishloq joylarda respublika boʻyicha 18 757 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2023/2024-oʻquv yili boshiga mamlakatimizdagi nodavlat taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni 7,7 ming nafarni tashkil etdi, ushbu koʻrsatkich 2019/2020-oʻquv yili boshiga nisbatan 5,3 ming nafarga oshganini  koʻrish mumkin.  

Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (uy xo‘jaliklari a’zolari) ulushi 63,7 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yil 1-fevral holatiga koʻra, 102 180 ta xususiy korxonalar roʻyxatdan oʻtgan.

Viloyat bo‘yicha 2024- yilning yanvar-fevral oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 202,7 mlrd. so‘mni yoki 2023- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 122,4 % ni tashkil etdi.

2023-yil yakunlariga ko‘ra, qurilish tarmog‘ida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 62,6 trln. so‘mni tashkil etdi va 2022- yil bilan taqqoslaganda 6,4 % ga o‘sdi.

2023/2024- o‘quv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni 547,7 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2019/2020 - o‘quv yili boshiga nisbatan 61,1 ming nafarga ko‘payganini ko‘rish mumkin.

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʻlumotlariga asosan, 2023- yilning yanvar-dekabr holatiga koʻra, qishloq joylarida yashovchilardan jismoniy mashgʻulotlar bilan shugʻullanuvchi shaxslar (uy xoʻjaliklari aʻzolari) ulushi 61,9 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida 262 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Qurilish sohasi mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan sohalardan hisoblanadi. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 69,6 foizni tashkil qildi.

Joriy yilning 25-mart  kuni Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Tangriyev G‘ulom Zafarobod tumani  Birlik maxallasi  Rudakiy ko‘chasi Ziyoyeva O‘razgul xonadonida kuzatuvda bo‘ldi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oyida FHDYO organlarida respublikamiz boʻyicha 35 067 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

2024-yilning yanvar oyida sartaroshxona va goʻzallik salonlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 637,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning 1-fevral holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish sohasida 43 822 ta tadbirkorlik subyektlari  roʻyxatdan oʻtgan.

Boshqarmada o‘tkazilgan “Siyosiy-ma’rifat soati” va targ‘ibot tadbirida haftaning muhim yangiliklari hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-sonli qaror mazmun-mohiyati to‘g‘risida tashkil etildi.

2024-yilning 1-mart holatiga, tashish va saqlash xizmatlari sohasida 24 810 ta korxona va tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, 2023-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʻati 110,6 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 106,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.