So'nggi yangiliklar

Respublikamizda joriy yilning 1-mart holatiga koʻra, sanoat sohasida 110 851 ta korxonalar roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, oʻsish surʻati 2023-yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan qishloq joylarda Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha  67 766 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

"Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish" bo‘yicha tushunchalar berildi, shunungdek, tinglovchilarning statistika hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish jarayonlarida eStat 4.0 dasturidagi yangi imkoniyatlar bilan tanishtirildi.

2024– yilning 1–yanvar holatiga ko‘ra, otlarning umumiy bosh soni 29 717 taga yetdi. 

Statistika agentligining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlariga asosan, 2023-yilda 10 va undan katta yoshlilar orasidan mobil telefondan foydalanuvchi aholi ulushi 99,1 % ni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 8,9 % ni yoki 4,1 trln. soʻmni tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublikada yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 14 142,4 ming boshga yetdi, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 102,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar oyida yirik korxonalar tomonidan 182,3 tonna pomidor sharbati ishlab chiqarilgan.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatida savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 2 041,8 mlrd.so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 12,0 % ga yuqori.

2024-yilning fevral oyida FHDYO organlarida Respublikamiz boʻyicha 65 529 ta tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan.

2023/2024-oʻquv yili boshiga nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 293 tani tashkil etgan.

2024-yilning yanvar oyida, Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 6,7 trln. soʻmni tashkil etdi.

2024-yilning yanvar oyida chakana savdoning ulushi umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb toʻrtdan uch qismini, aniqrogʻi, 63,9 % ni tashkil etdi.

2023– yilning yanvar–dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 15 097,5 tonna (2022– yilning yanvar–dekabriga nisbatan 0,5 % ga ko‘p) baliq ovlandi. 

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga Respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda parrandalar soni 103 mln. boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 5,8 % ga koʻpaydi.

2023/2024-oʻquv yili boshiga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 10 750 tani tashkil etgan.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Jizzax viloyatining YAHM tarkibida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 49,2 %, sanoat – 16,9 %,qurilish – 5,2 % va xizmatlar sohasi – 28,7 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 28-mart kuni Jizzax politexnika institutida “Aholini roʻyxatga olish va uni oʻtkazish” mavzusida seminar tashkil etildi.