So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida yoʻlovchi aylanmasida kichik tadbirkorlikning ulushi 95,1 % ni tashkil etdi, shundan eng koʻp ulush  yakka tartibdagi tadbirkorlar hissasiga toʻgʻri kelib,  76 % ni  tashkil qildi.

2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishi 6,2 % ga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 37,7 ming tonna ohaktosh ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 13,8 % ga oshgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 7,1 trln. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 105,2 % ni tashkil etdi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-aprel holatiga koʻra, yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida 27 886 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatmoqda.

2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 107,1 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2024-yilning yanvar-fevral oyida yirik korxonalar tomonidan 319,9 ming dona avtomobillar uchun oʻrindiqlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2023-yilning tegishli davriga nisbatan 1,8  barobarga oshgan.

Respublikamizda 2024-yil 1-aprel holatiga koʻra, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 226 ta korxonalar faoliyat koʻrsatayotgan boʻlib, shundan 4 576 tasi qoʻshma va 9 650 tasi xorijiy korxonalardir.

2024-yilning yanvar-mart oylari davomida Respublikamizda umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transportida 8,2 ming tonna yogʻoch-taxta yuklari joʻnatilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning yanvar–mart oylari holatiga respublikamizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,4 mlrd. dona tuxum yetishtirilgan.

2023-yilning yanvar-dekabrida 86 mingta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etildi. Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar sonining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida 16,3 mingtani tashkil etdi.

2024-yilning I choragida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha havo transporti orqali tashilgan yoʻlovchilar soni 1 679,7 ming yoʻlovchini tashkil etdi.

2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 45,8 trln. soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirildi.

Respublikamizda 2024-yilning 1-aprel holatiga koʻra, 298 338 ta masʻuliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat koʻrsatmoqda.