So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 11- noyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda statistik registrlarni yuritish bo'limi xodimlari tomonidan hududiy statistika bo‘lim xodimlari uchun statistik registrlarni yuritish bo'limi oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.

Joriy yilning 11- noyabr kuni Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi xodimlari uchun Aholi turmush darajasi statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Xizmatlar eksporti hajmi 477,6 mln AQSh dollarini yoki jami eksport hajmining 0,3 % ini tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 19,6 % ga ko‘paydi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi moliyaviy xizmatlar (71,0 %), safarlar (turizm) (18,1 %) va telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (10,9 %) xizmatlari hissasiga toʻgʻri kelgan. Bu oyda boshqa ish bilan bog‘liq xizmatlar amalga oshirilmagan.

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Jizzax viloyatida elektr jihozlarini ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 3,3 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 11- noyabr kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Narxlar statistikasi boʻlimi xodimlari hamda hududiy statistika bo‘limi narx registratorlari ishtirokida narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi

2024- yilning 11- noyabr kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi  Yangiobod  tumani statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Sarmich” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi

Joriy yilning 7- noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Statistika boshqarmalarining Narx statistikasi boʻlimi xodimlari uchun narxlar statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

8- noyabr kuni Jizzax  viloyati Statistika boshqarmasida 2024-yilning III chorak yakunlariga bag‘ishlangan Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ-989-sonli qonuni bo‘yicha ma’lumotlar berildi.