Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda Statistika agentligi direktorining “Bir yillik statistika dasturini hisoblash metodikasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 13-mb sonli buyrug‘i to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Mazkur metodika O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi (bundan buyon matnda Statistika agentligi deb yuritiladi) tomonidan bir yillik statistika dasturining qiymatini hisoblash, shuningdek statistika ma’lumotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlash, bir yillik statistika dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibini belgilaydi. bir yillik statistika dasturi har bir rasmiy statistikani tayyorlovchi tomonidan ishlab chiqiladigan va tarqatiladigan statistika ma’lumotlarining ularni bajarish davriyligi hamda muddatlari ko‘rsatilgan holdagi ro‘yxatini o‘z ichiga oladi. Yig‘ilish davomida ishtirokchilar savol va o‘z fikrlari bilan faol ishtirok etishdi.