So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida joriy yilning 12-dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimlari xodimlari uchun “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning normativ-huquqiy asoslari” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Jizzax viloyatida ko‘rsatilgan ijara xizmatlari hajmi 156,5 mlrd so‘mgni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,9 % ga ko‘paygan.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida viloyatimizda yashash va ovqatlanish sohasida ko'rsatilgan xizmatlar hajmi 4 trln 412,7 mlrd soʻmni tashkil etgan.

2024- yilning yanvar-oktabr oylarida Jizzax viloyatida  464,8 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtrish xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish surati 2023- yilning mos davriga nisbatan 116,5 foizga yetgan.

Joriy yilning 11-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Statistik registrlarni yuritish boʻlimi xodimlari uchun korxona va tashkilotlar yagona davlat registri (KTYADR) bazasini shakllantirish va ularni yuritish masalalariga oid ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

2023-yilning yanvar-oktabr oylari yakuniga ko‘ra, kimyo sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 3,1% ni, fizik hajm indeksi esa 126,3 % ni tashkil etgan.

2024- yilning 11- dekabr kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi Zarbdor tumani Statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan “Do'stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib borildi.

Prezidentimiz shu yilning 21-oktabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda mamlakatimizda har yili 200 million tup daraxt va buta koʻchatlari ekilib, yashillikni 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish boʻyicha marra olinganini taʼkidladi.

2024-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, yirik shoxli qoramollar bosh soni 977,4 ming boshni, qo‘y va echkilar 2 427,6 ming boshni, otlar 31 282 boshni hamda parrandalar 3 898,4 ming boshni tashkil etmoqda.