Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilda Oʻzbekistonda taʼlim sohasiga yoʻnaltirilgan davlat xarajatlari 84,2 trln soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2021-yilga nisbatan joriy narxlarda 2,1 barobarga oshgan.
Soʻnggi 5 yilda taʼlimga qilingan davlat xarajatlari quyidagicha:
2021-yil — 39,6 trln soʻm;
2022-yil — 50,3 trln soʻm;
2023-yil — 61,2 trln soʻm;
2024-yil — 71,2 trln soʻm;
2025-yil — 84,2 trln soʻm.




