So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 12- avgust kuni Boshqarmada 2022- yil II chorak yakunlari bo‘yicha kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi o‘tkazildi.

Jizzax viloyat statistika boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan Jizzax shahar Kimyogar mahallasida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 2022 yil 08 avgustda qabul qilingan O‘RQ-788-sonli qonun mazmuni-mohiyati to‘g‘risida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” munosabati bilan huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 6,0 % ni tashkil etib, 2021- yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 2,5 % punktga ko‘paydi.

Jizzax viloyat bo‘yicha 2022- yilning yanvar-iyun oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 1139,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 5,1 % ga oshdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini e’lon qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil 11- noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, joriy yilning avgust oyida uy-joylar ro‘yxatini tuzish ishlarini amalga oshirish vazifasi belgilangan.