Viloyat statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy va ma’naviy savodxonligini oshirish, jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi illatlarning oldini olish, el-yurt taqdiriga daxldorlik va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘usini yuksaltirish maqsadida “El-yurt taqdiriga befarq bo‘lmaylik — illatlarga qarshi birgalikda kurashaylik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda boshqarma rahbariyati va xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirni boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari G‘.Tangriyev ochib, bugungi kunda jamiyatimiz taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi loqaydlik, befarqlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya va boshqa salbiy illatlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi.Tadbir davomida el-yurt taqdiriga loqaydlik va befarqlik jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, har bir fuqaro o‘z mehnati, mas’uliyati va faol fuqarolik pozitsiyasi bilan yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishi lozimligi qayd etildi.Shuningdek, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik kabi illatlar jamoada sog‘lom muhit, tenglik va adolat tamoyillariga zarar yetkazishi, insonlarni hududiy yoki qarindoshlik belgilariga ko‘ra ajratish davlat va jamiyat manfaatlariga zid ekanligi alohida ta’kidlandi.



