O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Viloyat statistika boshqarmasida xodimlarning bayram kayfiyatini ko‘tarish, ularning samarali mehnatini e’tirof etish hamda jamoada o‘zaro hurmat va birdamlik muhitini mustahkamlash maqsadida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati va boshqarma xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirni boshqarma boshlig‘i Nurmatov Qilichbek ochib, jamoa xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.
O‘z nutqida yurtimiz mustaqilligi xalqimizning bebaho boyligi va taraqqiyotimizning mustahkam poydevori ekanligini ta’kidlab, istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda, jumladan, davlat statistika tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, boshqarma xodimlarining mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid statistik ma’lumotlarni shakllantirish, ularning haqqoniyligi, xolisligi va sifatini ta’minlash borasidagi mas’uliyatli hamda fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.




