14/08/2026

      Viloyat statistika boshqarmasida xodimlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda muntazam kitob mutolaasi orqali dunyoqarashini kengaytirish maqsadida “Har oyda 1 kitob o‘qiymiz” tashabbusi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tashabbus doirasida boshqarma xodimlari bilan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning ahamiyati yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Tadbir davomida kitob insonning ma’naviy kamoloti, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishda muhim vosita ekanligi, muntazam mutolaa qilish esa xodimlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi. Shuningdek, xodimlar tomonidan har oyda o‘qish uchun tavsiya etiladigan badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi kitoblar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech