Viloyat statistika boshqarmasida joriy yilning 17-iyul kuni “Har oyda 1 kitob o‘qiymiz” shiori ostida ma'naviy ma'rifiy soati bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoev ishtirokida Xalqaro kongress markazida Milliy kitobxonlik harakatiga start berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari kitob mutolaasi inson ma’naviyati, intellektual salohiyati va jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanini ta’kidlab, aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, yosh avlodni mutolaaga oshno etish va milliy adabiyotni qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda strategik ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi.




