24/09/2026

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistikani rivojlantirish — 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda ro‘yxatga olish ma’lumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirish va amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirda Farmonda belgilangan asosiy maqsadlar hamda milliy statistika tizimini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Seminarda ta’kidlangan asosiy yo‘nalishlar va maqsadlar: Tadbirkorlarga yengillik: 2030-yilga qadar tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot yukini 20 foizga qisqartirish. Muqobil va ma’muriy manbalar: Raqamli ma’lumotlar hamda muqobil manbalar sonini 1,7 baravarga oshirish.

Sun’iy intellekt va tejamkorlik: Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali ma’lumotlarga ishlov berish muddatini 20 foizga qisqartirish hamda har bir ma’lumot uchun sarflanadigan xarajatlarni 25 foizga maqbullashtirish.

Keng ko‘lamli kuzatuvlar: 2026–2027-yillarda respublika bo‘yicha biznesni ro‘yxatga olish hamda Multiindikator klaster kuzatuvlarining (MICS) 7-raundini muvaffaqiyatli o‘tkazish. Seminar davomida “Statistikani rivojlantirish — 2030” milliy strategiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan ishtirokchilarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech