04/09/2026

       Jizzax viloyati statistika boshqarmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonuni to‘g‘risida o‘z fikr va mulohazalarini bildirib seminarni ochib berdi.

Eshitildi: Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi to‘g‘risida quydagilar aytib o‘tildi: qonuning maqsadi manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy tartibga solish. Qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar: Davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari; Davlat muassasalari va davlat unitar korxonalari; Davlat maqsadli jamgʻarmalari; Ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari va yuridik shaxslar belgilangan.

Alohida tartib: Davlat organlari/tashkilotlarining ulushi jami 50 foiz va undan ortiq boʻlgan boshqa shaxslar uchun qonun faqat davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarga tatbiq etiladi.

Qonunchilik va xalqaro normalar nisbati Jinoyat ishlari boʻyicha sudga qadar ish yuritish va sud jarayonlarida manfaatlar toʻqnashuvini tartibga soluvchi boshqa (sohaviy) qoidalar belgilanishi mumkin. Manfaatlar toʻqnashuvi: Xodimning shaxsiy manfaatdorligi uning xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatadigan (yoki koʻrsatishi mumkin boʻlgan) hamda jamoat/davlat manfaatlari bilan qarama-qarshilik yuzaga keltiradigan vaziyat deb belgilangan. Tadbir yakunida boshqarma va uning hududiy bo‘limlarida xizmat intizomiga qat’iy rioya etish, manfaatlar toqnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech