Jizzax viloyati Zarbdor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-190-son Farmonida belgilangan “Biznesni ro‘yxatga olish” tadbirini samarali tashkil etish maqsadida hokim yordamchilari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Seminar davomida tadbirning maqsad va vazifalari, ro‘yxatga olish jarayonini belgilangan tartibda tashkil etish, tadbirkorlik subyektlarini to‘liq qamrab olish hamda ma’lumotlarni aniq va xolis shakllantirish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida ma’lumotlarni haqqoniy shakllantirish, mavjud tadbirkorlik faoliyatini to‘liq aks ettirish va ishlarni sifatli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. “Biznesni ro‘yxatga olish” — hududdagi tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida aniq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirishning muhim bosqichidir.
18/09/2026



