Joriy yilning 07-avgust kuni Viloyat statistika boshqarmasida ma’naviyat soati darsini viloyat statistika boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari G‘.Tangriyev ochib berdi hamda bugungi seminar yigʻilishi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” to‘g‘risida ishtirokchilarga tanishtirdi.
Mustaqillik – bu shunchaki tarixiy sana emas. U xalqning erkin yashashi, o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, milliy qadriyatlari va manfaatlarini mustaqil ravishda himoya qila olishi demakdir. Aynan mustaqillik tufayli O‘zbekiston dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan suveren davlat sifatida rivojlanish yo‘lini tanladi.
1991-yil 1-sentyabr mamlakatimiz tarixidayangi davrni boshlab berdi. O‘tgan 35 yil davomida O‘zbekiston siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda izchil taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Davlatimizning asosiy ramzlari – Bayroq, Gerb va Madhiya qabul qilindi, Konstitutsiyamiz hayotimizning huquqiy poydevoriga aylandi. Milliy valyutamiz –so‘m muomalaga kiritildi va davlat boshqaruvi tizimi bosqichma-bosqich takomillashtirildi



