31/07/2026

      Sharof Rashidov tuman statistika bo‘limida xodimlari va korxona tashkilotlardan kelgan vakillar ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan Statistika hisobotlari intizomi va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Kuni kecha tashkilotda davlat statistika hisobotlarini o‘z vaqtida va xolis taqdim etish hamda sohada korrupsion holatlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminari va yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda mas’ul xodimlarga statistika hisobotlarini taqdim etish tartibi, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish hamda ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tushunchalar berildi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 215-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi. Unga ko‘ra:

Mansabdor shaxslar tomonidan davlat statistika hisobotlarini va zarur ma’lumotlarni taqdim etmaslik, buzib ko‘rsatish yoki taqdim etish muddatlarini buzish — bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Tadbirlar davomida ushbu talablarni buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilikka muvofiq, o‘z vakolatlari doirasida ma’muriy jazo choralari muqarrar qo‘llanilishi alohida ta’kidlandi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda xodimlarning mas’uliyatini oshirish, faoliyatda shaffoflikni ta’minlash va korrupsion holatlarning oldini olish hamda ularga imkon beruvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar va tegishli topsiriqlar berildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech