Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida 1 yildan ortiq muddat istiqomat qilayotgan 56 860 nafar xorijiy fuqaro ro‘yxatga olingan.
Shundan 19 300 nafari Toshkent shahrida istiqomat qilmoqda.
🔻 Bu haqda ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
🌎 Ro‘yxatga olingan xorijiy fuqarolar davlatlar kesimida:
Hindiston — 13 312 nafar;
Rossiya Federatsiyasi — 10 826 nafar;
Qozog‘iston — 9 425 nafar;
Tojikiston — 5 722 nafar;
Turkmaniston — 5 347 nafar;
Qirg‘iziston — 4 397 nafar;
Pokiston — 1 433 nafar;
Xitoy — 1 031 nafar;
Turkiya — 811 nafar;
Koreya Respublikasi — 691 nafar;
Boshqa davlatlar — 3 865 nafar.



