19/06/2026

      2026-yil 19-iyun kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida “Oila – jamiyatning tayanchi” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat tadbiri tashkil etildi. Ma’ruzada oila jamiyatning eng muhim va tayanch bo‘g‘ini ekani, sog‘lom va mustahkam oilalar yurt taraqqiyoti, jamiyat barqarorligi hamda ma’naviy muhitning yuksalishida muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, oilada farzandlarga beriladigan tarbiya, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligi, oiladagi o‘rni, farzand tarbiyasidagi mas’uliyati hamda oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech