19/06/2026

      Boshqarma xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida boshqarma bosh yuriskonsulti tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan, Oʻzbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 306-son “Ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat korxonalarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori mazmun-mohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Qarorga asosan autsorserlar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq xarid qilish tartib-taomillari natijalariga koʻra aniqlanishi maʼlumot uchun qabul qilinishi belgilangan. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab davlat xaridlari elektron tizimlarida Autsorsing xizmatlarini tashkil etish boʻyicha maxsus sahifa ishga tushiriladi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat korxonalarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan. autsorserlarni aniqlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish; autsorsing xizmatlarini tashkil etish va oʻtkazishda korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish. autsorser va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlarini belgilash; autsorsing xizmatini koʻrsatish ustidan nazorat va monitoring qilish belgilangan. Shuningdek yig‘ilishda qarorning boshqa muhim jixatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi hamda mavzu yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech