Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyun holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 19 921 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 4 500 tasi qo‘shma va 15 421 tasi xorijiy korxonalardir.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 870 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchi TOP-10 davlat:
Xitoy — 5 821 ta;
Rossiya — 3 349 ta;
Turkiya — 2 237 ta;
Qozog‘iston — 1 283 ta;
Janubiy Koreya — 721 ta;
Afg‘oniston — 673 ta;
Ozarbayjon — 460 ta;
Tojikiston — 442 ta;
BAA — 433 ta;
Hindiston — 413 ta.



