Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 406,4 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,6 % ga oshdi.
Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi asosiy turlar bo‘yicha quyidagicha:
Savdo xizmatlari — 101,8 trln so‘m
Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 69,1 trln so‘m
Transport xizmatlari — 66,9 trln so‘m
Moliyaviy xizmatlar — 65,6 trln so‘m
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 30,9 trln so‘m
Ta’lim sohasidagi xizmatlar — 14,5 trln so‘m
Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 9,2 trln so‘m
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 7,3 trln so‘m
Shaxsiy xizmatlar — 7,4 trln so‘m
Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 5,1 trln so‘m
Ijara xizmatlari — 5,1 trln so‘m
Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 4,8 trln so‘m
Boshqa xizmatlar — 18,8 trln so‘m



