Joriy yilning 16- aprel kuni Jizzax shahridagi Milliy universititetida talabalar ishtirokida seminar tashkil etildi. Tadbirda Jizzax viloyati statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti G‘. Qo‘shoqov hamda Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi boshlig'i B.Mamayusupova qatnashib, “Targ‘ibot tadbiri”da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 21.04.2025 yildagi PF-71-son farmoni to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbiri to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish davomida quydagilarga alohida to‘xtalib o‘tildi: Korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi kurashishda parlamentning rolini tubdan oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalariga quyidagilar tavsiya etilsin, har yili budjetdan eng koʻp mablagʻ oladigan uchta vazirlik va idorada korrupsiyaviy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish ko‘rsatilgan. vazir va hokimlar lavozimiga nomzodlar tegishlicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlarida koʻrib chiqilayotganda ular tomonidan korrupsiyaning oldini olish boʻyicha aniq reja himoya qilinishiga oid tartibni qonun hujjatlarida belgilash. xalqaro tajribani oʻrganib, kibermakonda korrupsiyaga qarshi samarali kurashish boʻyicha mustahkam huquqiy baza yaratish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish belgilangan.
Shuningdek, Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash uchun aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari toʻgʻrisida Yevropa statistiklari konferensiyasining 2020-yildagi tavsiyalari asosida yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish. qishloq xoʻjaligi yerlarining foydalanish holatini oʻrganish, chorva mollari va parrandalar sonini aniqlash orqali qishloq xoʻjaligiga yoʻnaltirilayotgan yillik 25,6 trillion soʻm, jumladan, 2,2 trillion soʻm budjet mablagʻlari samarali sarflanishini, sohadagi xizmatlar hajmini aniqlash va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun zarur maʼlumotlar toʻplamini yaratish asosiy maqsadlar sifatida belgilangan. Belgilangan masalalar yuzasidan ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.




