Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6 825,9 ming soʻmni tashkil etdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha oʻrtacha ish haqi miqdori:
Bank, sugʻurta, lizing va kredit faoliyati – 18 595,8 ming soʻm
Axborot va aloqa – 16 525,4 ming soʻm
Tashish va saqlash – 10 709,3 ming soʻm
Sanoat – 8 025,6 ming soʻm
Savdo – 7 213,4 ming soʻm
Qurilish – 6 496,1 ming soʻm
Sanʼat, koʻngil ochish va dam olish – 5 357,7 ming soʻm
Yashash va ovqatlanish – 5 331,9 ming soʻm
Taʼlim – 4 615,9 ming soʻm
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish – 4 111,6 ming soʻm



