Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida 2 058 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Buyuk Britaniyaga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26,5 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
sayohat – 1 544 nafar;
o‘qish – 292 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 163 nafar;
xizmat yuzasidan – 58 nafar;
davolanish – 1 nafar.



