24/04/2026

      Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 19 072 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni quyidagicha:

− savdo sohasida – 6 814 ta;

− sanoat sohasida – 3 831 ta;

− qurilish sohasida – 1 544 ta;

− axborot va aloqa sohasida – 1 488 ta;

− yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 839 ta;

− tashish va saqlash sohasida – 601 ta;

− qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 485 ta;

− sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 225 ta;

− boshqa sohalarda – 3 245 ta.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech