Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, band aholi soni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi — 3 132,6 ming kishi;
Ishlab chiqarish sanoati — 1 699,6 ming kishi;
Ulgurji va chakana savdo; motorli transport vositalari va mototsikllarni ta’mirlash — 1 507,9 ming kishi;
Qurilish — 1 450,5 ming kishi;
Ta’lim — 1 367,6 ming kishi;
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — 719,4 ming kishi;
Davlat boshqaruvi va mudofaa; majburiy ijtimoiy ta’minot — 637,0 ming kishi;
Tashish va saqlash — 584,6 ming kishi;
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar — 389,5 ming kishi;
Professional, ilmiy va texnik faoliyat — 152,6 ming kishi;
Boshqarish bo‘yicha faoliyat va yordamchi xizmatlar ko‘rsatish — 114,2 ming kishi;
Axborot va aloqa — 108,8 ming kishi;
Moliyaviy va sug‘urta faoliyati — 82,9 ming kishi;
Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash — 70,7 ming kishi;
Ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar — 67,8 ming kishi;
San’at, ko‘ngil ochish va dam olish — 66,9 ming kishi;
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash — 66,7 ming kishi;
Suv bilan ta’minlash; kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish — 52,8 ming kishi;
Boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish — 2 661,8 ming kishi.



