17/04/2026

      Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida 1 631 234 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 111,6 ming nafarga oshgan.

2026-yilning dastlabki uch oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p borgan TOP-10 davlat:

Qirg‘iz Respublikasi — 660 579 nafar;

Qozog‘iston — 284 024 nafar;

Tojikiston — 282 040 nafar;

Saudiya Arabistoni — 136 060 nafar;

Rossiya — 88 267 nafar;

Turkiya — 52 199 nafar;

BAA — 28 125 nafar;

Xitoy — 15 844 nafar;

Tailand — 13 839 nafar;

Misr — 12 186 nafar.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech