Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda 422 mingta tijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 335,1 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 79,4 foizini tashkil etdi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 335 077 ta (79,4 %);
Xususiy korxonalar – 46 442 ta (11 %);
Oilaviy korxonalar – 36 378 ta (8,6 %);
Aksiyadorlik jamiyati – 640 ta (0,2 %);
Boshqalar – 3 432 ta (0,8 %).



