Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 14,8 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 17,7 % ga oshgan.
Hududlar kesimida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining hajmi:
Qoraqalpog‘iston Resp. – 239,2 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 322,8 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 232,3 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 171,7 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 328 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 183,1 mlrd so‘m
Namangan viloyati – 275,2 mlrd so‘m
Samarqand viloyati – 487,1 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 261,2 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 112,9 mlrd so‘m
Toshkent viloyati – 418,9 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati – 518 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 267,3 mlrd so‘m
Toshkent shahri – 11 trln so‘m



