O‘zbekistonda turoperatorlar soni 3,1 mingtadan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning 1 fevral holatiga, O‘zbekistonda turoperatorlar, turagentlar va boshqa turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar soni 3 143 tani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 551 taga yoki 21,3 foizga oshgan.
Ularning soni yillar kesimida quyidagicha (1 fevral holatiga):
2022 yil – 1 841 ta;
2023 yil – 2 374 ta;
2024 yil – 2 539 ta;
2025 yil – 2 592 ta;
2026 yil – 3 143 ta.



