15/11/2021

Joriy yilning 11–12- noyabr kunlari viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i va o‘rinbosari Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanigagi sinov tariqasida o‘tkazilayotgan ro‘yxatga olish jarayonlari bilan atroflicha tanishdilar.

Viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i va o ‘rinbosari ro‘yxatga oluvchilar bilan mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish,  respondentlar bilan muloqot qilish, to‘ldirilgan blankalarni saqlanishi va topshirilishi bo‘yicha ma’lumotlar olishdi.

2021- yilning 11- noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.

 Axborot xizmati    

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech