Bugun Jizzax viloyati statistika boshqarmasida “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. “Siyosiy-ma’rifat soati” boshqarning  majlislar zalida onlayn shaklda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan o‘tkazildi.

Davlat xizmatchilari uchun muntazam o‘tkazilayotgan «siyosiy ma’rifat soati» yurtimizda kechayotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini keng va batafsil tushuntirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shunday ma’rifiy o‘quv soatlari Davlat xizmatchilari xodimlari uchun mazmunli bo‘lmoqda. O‘quv soatida spikerlar bugungi kunning eng muhim va dolzarb bo‘lgan masalalarga to‘xtalib o‘tishdi, istiqlolning 30 yilligi, natijalar va kelajakdagi marralar,  Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishdagi ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash masalalari va  Huquqiy savodxonlik bo‘yica hafta davomida qabul qilingan dolzarb me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati xaqida tushinchalar berildi. Ma’ruza so‘ngida boshqarmaning davlat tilida ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodimi K. Butunbayeva o‘zbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati, mavqeyi to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga qisqacha tushunchalar beribi va Davlat tilida ish yuritish to‘g‘risidagi kitobni har bir xodim o‘qib chiqish taklifini berdi.

Axborot xizmati 

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining Elektron interaktiv xizmatlar portaliga o'tish