07/09/2021

Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha hududiy komissiyalarni tuzadi;

ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini hisobga olgan holda aholi punktlarida doimiy yashovchi aholi sonini ko‘rsatgan holda ushbu punktlarning to‘liq ro‘yxati tuzilishini ta’minlaydi;

ma’muriy-hududiy birliklarda ko‘chalarning nomlari, uylar va xonadonlarning raqamlari ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar bo‘lishini ta’minlaydi;

jalb etilgan ro‘yxatga oluvchi xodimlar tarkibini tasdiqlaydi;

ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va o‘qitishni tashkil etadi;

aholini ro‘yxatga olishni o’tkazish doirasidagi ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarning o‘qishi va ishlashi uchun yaroqli mebel hamda aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtinchalik xonalar, shuningdek zarur transport vositalari berilishini ta’minlaydi;

ro‘yxatga olish varaqlarini va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlarini vaqtincha saqlash uchun qo‘riqlanadigan xonalar ajratish yuzasidan choralar ko‘radi;

aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarning muvofiqlashtirilishini tashkil etadi.

 

 Axborot xizmati   

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech