So'nggi yangiliklar

2022– yilning yanvar–mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,0 ming t. sabzavotlar (2021– yilning yanvar–martiga nisbatan 2,2 % ga ko‘p) yetishtirildi.

2022- yilning yanvar-mart oylarida bino va inshootlarni qurish ishlarining jami qurilish ishlaridagi ulushi 69,1 % ni tashkil etib, 2021- yilning mos davridagi ko`rsatkichga nisbatan 0,1 % punktga ko`paydi.Shuningdek, fuqarolik obyektlarini qurish ishlari 18,2 % yoki 0,2 % punktha o‘sish va ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari 12,7 % ni tashkil etgan holda 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,3  % punktga kamaydi.

2022- yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra, Jizzax viloyati aholining umumiy daromadlari hajmining o‘sishi asosan umumiy daromadlar tarkibida 71,5 % ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlar va 20,2 % ni tashkil etuvchi transfertlardan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-martida Jizzax viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda– YAHM) hajmi joriy narxlarda 4 166,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 4,7 % ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2021- yilning yanvar-martidagi narxlarga nisbatan 113,9 % ni tashkil qildi.

Hozirgi vaqtda xizmatlar sohasi iqtisodiyotning istiqbolli va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi.

06/05/2022 • So'nggi yangiliklar

2022– yilning yanvar–mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 119,3 ming t. sut (2021– yilning yanvar–martiga nisbatan 3,9 % ga ko‘p) yetishtirildi.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo'yicha ro'yxatdan o'tgan oilaviy korxonalar soni 2022- yilning 1- aprel holatiga ko'ra 2 031 tani tashkil etib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 393 taga yoki 124,0 % ga oshganligini ko'rish mumkin.

2022-yilning yanvar-mart oylarida viloyatning importyorlari soni 177 tani tashkil etib, ular tomonidan 101,3 mln. AQSh dollari qiymatidagi (2021- yilning mos davriga nisbatan 2,2 martaga oshdi) tovar va xizmatlar import qilinishi ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 20- dekabrdagi PF– 35- son "2022- yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Farmoni hamda yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bayrami munosabati bilan, statistika hisobotlarining quyidagi shakllarini topshirish muddatlari 2022 –yil 7 –maygacha uzaytiriladi:

2022- yilning yanvar-mart oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 20188,3 mln. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning yanvar-mart oylarida asosiy kapitalga viloyat miqyosida xorijiy investitsiya va kreditlar 721,7 mlrd. so‘m o‘zlashtirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 84,2 % ni tashkil etdi.

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-mart oylarida viloyat korxonalari tomonidan 2 294,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-martga oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 104,7 % ni tashkil etdi.

Viloyat bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalarning texnologik tarkibi investitsiyalarning qariyb 62,2 % ulushi mashina, uskunalar, transport vositalari ishlab chiqarish va xo‘jalik jihozlariga to‘g‘ri keldi.