So'nggi yangiliklar

2022– yilning yanvar–mart oylarida ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 2 174,4 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 102,9 % ni tashkil etdi.

2022- yil 1- may holatiga ko'ra, sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 3 791 tani tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 105,0 % ga oshdi.

2022– yilning yanvar–mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 2 295,8 mlrd. so‘mni yoki 2021– yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ni tashkil qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022- yilning yanvar-aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 426,7 mlrd.so‘mga oshib, 2 275,5 mlrd.so‘mga yetdi.

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2022- yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 28,4 mlrd. so‘mni yoki jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 0,9 % ini tashkil etdi.

Joriy yilning 1-aprel holatiga Jizzax viloyatida sanoat sohasi bo‘yicha 3784 ta (fermer va dexqon xo’jaliklarisiz) tijorat korxonalari faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shundan 99,0 foizi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Joriy yilning 13-may kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasida  xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ma'naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi oshirish bo‘yicha boshqarma va tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

2022- yilning yanvar-mart oyilar davomida ishlab chiqaradigan sanoatda - 16,7 ming tonna yumshoq bug‘doy  spelta uni ( 5,7 % oshgan),  10,4 ming tonna paxta tolasi ( 45,1 % ga kamaygan), holda ishlab chiqarilib, 1,5 ming tonna tozalangan o‘simlik yog‘i ( 46,6 % ga ) yuqori o‘sish sur’atlari kuzatildi.

2022- yilning yanvar-mart oyilarda ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2158,0 mlrd.so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 94,1 % ini tashkil etdi.

Viloyat bo‘yicha 2022-yilning yanvar-mart oylarida chakana savdo aylanmasi 2428,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 22,0 % ga oshdi.

Joriy yilning 07- may kuni Boshqarmada 2022- yil I chorak yakunlari bo‘yicha kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat statistika boshqarmasi  rahbariyati, tarmoq va shahar , tuman statistika bo‘limlari boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali shahar, tuman  statistika bo‘limalari xodimlari qatnashdi.

2022- yil 1- aprel holatiga ko'ra, sanoat korxonalari va tashkilotlari soni 3 784 tani tashkil etib, o`tgan yilning mos davriga nisbatan 107,4 % ga oshdi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2021- yilning yanvar-fevral oylarida oziq- ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 17,1 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 124,3 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2022- yilning yanvar-fevral oylar yakunlariga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 10,4 % ni tashkil etdi, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi esa 0,6 % ga oshdi va ishlab chiqarish hajmi 124,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi