So'nggi yangiliklar

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 16-iyundagi O‘RQ-848-son Qonuni mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Joriy yilning 6- iyul kuni Jizzax viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Sharipov reja grafikka asosan Jizzax viloyatining Arnasoy tumani Bo‘ston mahallasi A.Qarshiev ko‘chasi 29/1 uyda  Sariev  O‘rol xonadonida uy xo‘jaliklari kuzatuvlarini o‘tkazdi.

2023– yilning yanvar–mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3 168,1 tonna baliq ovlandi. Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, ovlangan baliq umumiy hajmidan 78,6 % i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

2023-yilning may oyida viloyatning barcha tumanlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra savdo aylanmasi hajmi 380,5 mlrd. so‘mni tashkil qildi. Bunda Quritilgan qishloq xojaligi mahsulotlari (yongoq, bodom, pista va boshqalar) savdosi 2,6 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.

2023-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 17 478 ta bo‘lib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 barobarga oshgan. Ularning so‘nggi besh yilning mos davridagi dinamikasi quyidagicha:

Jizzax viloyatida 2023-yil yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 2414,3 milliard so‘mni yoki 2022- yilning yanvar-martiga nisbatan o‘sish sur’ati 114,8 % ni tashkil qildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 265,1 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,2 % ga oshgan. Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning may oyida yirik korxonalar tomonidan 62,7 ming tonna shakar ishlab chiqarildi.

Yuqorida qayd etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati natijasida, 2023-yilning yanvar-may oyida chakana savdo tovar aylanmasi 2953,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar-may oyiga nisbatan 105,2 % ni tashkil etdi.

Joriy yilning 5- iyul kuni Jizzax viloyat statistika bosqarmasining xodimlari ishtirokida “Elelektron onlayn auksionlarni tashkil etish” markazi guruh rahbari Anorboyev  Muxammadali tomonidan seminar tashkil etildi. 

2023- yilning yanvar- may oylarida transport xizmatlari hajmi 533,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan ushbu xizmat turining o‘sish sur’ati 103,4 % ni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 14,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 12,6 ming tonna margarin ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 5,7 % ga oshgan.

2023- yilning yanvar-may oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 105,5 % i to‘g‘ri kelib, 2022- yil ko‘rsatkichiga nisbatan 2,3 % punktga ko‘paydi.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston Respublikasida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 50 676,5 mlrd. soʻm investitsiyalar oʻzlashtirildi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jami  8 210 ta madaniy meros obyektlari  mavjud boʻlib, shundan 7 827 tasi davlat mulki  va 383 tasi xususiy mulk hisoblanadi.

2023-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 12 807 tani tashkil etdi. Ularning hududlar kesimidagi  soni quyidagicha taqsimlandi:

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-.yilning yanvar-may oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3 791,1 mlrd. so‘mga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan (113,7 %) o‘sish sur’ati 110,0 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 49,4 ming tonna shagʻal ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,6-martaga oshgan.