So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 212,3 ming dona kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 14,9 % ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, jami 45 736 ta oilaviy korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 106,0 ming dona domkratlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,6 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda savdo sohasida 17 669 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.

Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 41 949 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini tashkil etdi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Oʻzbekiston Respublikasida sport-taʼlim muassasalari va seksiyalarida sportning yakka kurash turi bilan shugʻullanuvchilar soni jami 33 256 kishini tashkil etgan boʻlsa, shundan, ayollar 3 256 nafar (jamiga nisbatan 9,8 %)ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 23 720 ta bo‘lib, 2019-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 152,9 foizni tashkil etdi.

Joriy davrda 420,9 mlrd. so‘m to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lib, jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 18,6 % ulushini tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,5 % ni tashkil etdi.

2023- yiling yanvar- iyun oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 204,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi ulushi 4,5 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning  21 iyul  kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari  G' Tangriyev  reja grafikka asosan  Jizzax viloyatining  Sharof Rashidov tumani Ziyokor mahallasi Navro'z ko’chasi 19-uyda  yashovchi Xolmatov Alisher xonadonida uy xo'jaliklari kuzatuvlarini o'tkazdi.

Joriy yilning 21-iyul kuni Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun "Siyosiy-ma’rifat soati"  hamda "Huquqiy targ‘ibot tadbiri" tashkil qilindi

2023-yilning 1-yanvar holatiga hayvonot bogʻlarida jami 18 652 turdagi hayvonot dunyosi namunalari va nusxalari mavjud boʻlib, shundan 426 tasini sudralib yuruvchilar tashkil etadi.

2023-yilning yanvar-may oylarida Jizzax viloyati boʻyicha 1 325,6 mlrd. soʻmlik nodavlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari bajarildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 486,9 ming dona akkumulyatorlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,6 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-mart oylarida Jizzax viloyatida qurilish-montaj ishlariga yoʻnaltirilgan investitsiyalar 1,0 trln. soʻmni tashkil etib, asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan jami investitsiyalardagi ulushi 54,5 %ni tashkil etdi.

2023-yil 1-iyul holatiga ro‘yxatdan o‘tgan savdo korxonalarining soni 212 562 tani tashkil etib, 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 barobarga oshgan.

2022-yil yakunlariga koʻra Respublika boʻyicha ovchilikka biriktirilgan umumiy yer maydoni 4 617,8 ming gektarni tashkil etadi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 17,7 ming tonna sovun ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 4,1 martaga oshgan.