So'nggi yangiliklar

2024-yilning 20-avgust kuni, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi  Zafarabod  tumani  statistika bo‘limi mutaxassisi tomonidan  “Chimqo’rg’on ” mahalla fuqarolar yig‘inida joyiga chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inining xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni  hamda mahalla aholi sonini xarita bilan solishtirish ishlarini olib bordi.

2024-yilning 1-iyul holatiga Oʻzbekistonda doimiy yashovchi aholi soni 37 134,2 ming kishini tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublika bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 3,7 mlrd dona tuxum yetishtirilgan.

2024 - yilning yanvar-iyul oylarida, Jizzax viloyatida jami 2 614,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023 - yilning mos davriga nisbatan 110,8 % ni tashkil etdi.

2024- yil yanvar-iyul oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 1 142 951,7 ming AQSH dollariga yetdi va 2023- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 477 016,0 ming AQSH dollariga yoki 71,6 % ga ko‘paydi.

2024- yil 1- avgust holatiga ko‘ra Jizzax viloyatida 2470 ta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda, shundan 680 ta (ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar umumiy sonining 27,5 % i) Jizzax shahriga, 361 tasi (14,6 %) Sharof Rashidov tumaniga, 271 tasi (11,0 %) G‘allaorol tumaniga, 254 tasi (10,3 %) Zomin tumaniga to‘gri kelmoqda.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha eng yuqori ulushi:

Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 30,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 34 ming tonna pomidor eksport qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar–iyun oylarida respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 5 423,2 ming tonna sut yetishtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha hisoblangan nominal yalpi ichki mahsulot hajmi 45 147,2 mln AQSH dollarini tashkil etgan. 

Respublikamizda 2024-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, qurilish sohasida roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari soni 53 122 tani tashkil etgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida axborot va aloqa tarmog‘ining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,6 % ni tashkil etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1,3 mln tonna go‘sht yetishtirilgan.

2024-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatdan qiymati 28,5 mln AQSH dollariga 11,6 ming tonna shokolad va shokolad mahsulotlarini import qilgan.

Oʻzbekistonda 2024-yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 887,3 tonna alyuminiy simlar ishlab chiqarilgan.

Boshqarmada o‘tkazilgan “Targ‘ibot tadbiri va siyosiy-ma’rifat soati”da haftaning muhim yangiliklari hamda “Probatsiya to‘g‘risida”gi qabul qilingan
O‘RQ-938-sonli qonun bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Xalqaro statistika kongressi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti barcha davlatlarga davriy ravishda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishni tavsiya etadi. Mazkur tavsiyalarga koʻra davlatlar har 10 yilda kamida bir marotaba aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazadi.

 Joriy yilning 15-avgust kuni Jizzax viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda ijtimoiy soha  statistikasi boʻlimi xodimlari tomonidan hududiy statistika bo‘lim xodimlari uchun  Ijtimoiy soha  statistikasiga oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan vebinar tashkil etildi.