So'nggi yangiliklar

Respublikamizda joriy yilning 1-avgust holatiga sanoat sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 112 563 tani tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil 18-iyuldagi 156-son buyrug‘iga asosan 1-avgustdan boshlab oy davomida dehqon vа tоmоrqа xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi faoliyatini tanlanma kuzatuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 22-avgust  kuni Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Tangriyev G' Sh.Rashidov tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Abduraximov tomonidan Sh.Rashidov bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

2024- yilning 1- iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi  37 134,2 ming kishini tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-iyun oylarida YAIM tarkibida kichik tadbirkorlik subyektlarining ulushi 47,5 % ni tashkil qilgan.

2024- yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 36,8 mlrd AQSH dollariga yetgan.  

2024- yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali 36,1 mln tonna asosiy turdagi yuk tashilgan.

Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikada sigirlarning umumiy bosh soni 4 874,3 ming boshga yetgan.

Joriy yilning 20-avgust kuni Mirzacho'l tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Eshaliyev Mardon tomonidan Mirzacho'l bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

O‘zbekistonda 2024- yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 5 712,6 tonna olcha sharbati ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 20-avgust kuni Jizzax viloyati Statistika boshqarmasi Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig'i Jo‘rayeva Zulfiya Jizzax shahar Qaliya MFY Tubtalabod ko'chasi 13 -xonadonda yashovchi Malikova Fotima xonadonida kuzatuvda bo’ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- mart sanasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 114- son qarori ijrosini ta’minlash hamda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlarda tanlab olingan tumanning mahalla xaritalari yordamida tajriba tariqasida tumanning tashkiliy rejasini tuzish ishlari amalga oshirilmoqda.

2024 - yilning yanvar - iyul oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 74,8 % i to‘g‘ri kelib, 2023 - yilning mos davri ko‘rsatkichiga nisbatan 0,7 % punktga ko‘paydi.

Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – toʻqimachilik tolasini tayyorlash va yigirish, shuningdek, toʻqimachilik gazlamalarini va tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, toʻqmachilik mahsulotlariga va kiyimlarga bezak berish, kiyimlardan tashqari tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.

2024-yil 1-avgust holatiga jami 293 411 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda.

2024-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, xizmatlar sohasining yalpi qoʻshilgan qiymati hajmi 260 182,6 mlrd soʻmni tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuni vа O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-114-son qаrоri bilan tasdiqlangan...

Joriy yilning 20-avgust kuni Sh.Rashidov tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi S.Abduraximov tomonidan Sh.Rashidov bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.