So'nggi yangiliklar

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 10 525,1 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

Statistika agentligining 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlar o‘rtacha soni 177 tani tashkil etdi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024- yilning 1- iyul holatiga respublikadagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida mavjud otlar soni 191,9 ming boshni tashkil etgan.

2024- yilning 1- oktabr holatiga 647 297 ta ta kichik tadbirkorlik subyektlari roʻyxatdan oʻtgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz).

2024- yil yanvar-avgust oylarida Respublikamizda koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar hajmi 9 314 mlrd soʻmni tashkil etgan.

YUNESKO statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga dunyo boʻyicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni 6 859,4 ming nafarga yetgan.  

2024- yilning yanvar-avgust oylarida jami qurilish ishlarining 69,6 % i yoki 76 trln soʻm qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 281,5 ming tonna ohaktosh qazib olingan.

2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 99 trln so‘mni tashkil etgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra, 300 816 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 14,5 trln soʻmni tashkil etgan.

Oʻzbekistonga 2024- yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 166,8 mln AQSH dollariga 12 913 ta elektromobil import qilingan.

YUNESKO statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, 2023- yilning 1- yanvar holatiga, xorijda tahsil olayotgan Oʻzbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan.

Oʻzbekistonda 2024- yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 2 131,3 tonna yotoqxona uchun choyshab ishlab chiqarilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari boʻyicha 11,4 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Respublikamizda 2024- yilning 1- sentabr holatiga, chet el investitsiyasi ishtirokida 14 562 ta korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Oʻzbekiston 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 62,3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 64,8 ming tonna oʻrik eksport qilgan.

2024- yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonda fuqarolik obyektlarini qurilishi boʻyicha 19,6 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.